«sherzod kudbiyev» tegli maqolalar


Prezident: Tax Gap amaliyoti va QQS guvohnomasini to‘xtatib turish bekor qilinadi
18 avgust 2023, 14:38

Prezident: Tax Gap amaliyoti va QQS guvohnomasini to‘xtatib turish bekor qilinadi

Prezident 1-oktabrdan QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyenti (tax gap) bekor qilinishini bildirdi, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 70 foizi buni adolatsiz deb hisoblaydi. “Kudbiyev, bu senga va tizimingga baho”, — dedi u. QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish ham bekor qilinadi.

Sherzod Kudbiyev yana Soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi
3 avgust 2023, 12:32

Sherzod Kudbiyev yana Soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev ma’muriy islohotdan 7 oy o‘tib yana Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytdi. Bir kun avval prezident davlat budjeti daromadlari yetarli emasligini aytib, soliq idoralari xodimlari ishini tanqid qilgandi.

KfW O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro kredit ajratishi mumkin
19 may 2023, 13:08

KfW O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro kredit ajratishi mumkin

Germaniyaning KfW banki O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro ajratishi mumkin, dedi Mangold Consulting kompaniyasi rahbari Kristof Mangold iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev bilan uchrashuvda.

Sherzod Kudbiyev Yandex Go`ning O‘zbekistonda soliqqa tortilishiga izoh berdi
27 mart 2023, 20:14

Sherzod Kudbiyev Yandex Go`ning O‘zbekistonda soliqqa tortilishiga izoh berdi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Go’ning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.

«Tashabbusli budjet»da Face ID va koeffitsiyentlarni joriy etish nazarda tutilmagan — Sherzod Kudbiyev
27 mart 2023, 12:48

«Tashabbusli budjet»da Face ID va koeffitsiyentlarni joriy etish nazarda tutilmagan — Sherzod Kudbiyev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati «Tashabbusli budjet»da Face ID tizimi va ko‘paytirish koeffitsiyentlarini joriy etish rejasi haqida xabar bergandi. Vazir Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlarini «salgina noprofessional sharh berganlikda» ayblab, hozircha bunday o‘zgarishlar nazarda tutilmaganini bildirdi.

Idoralararo tarif komissiyasiga iqtisodiyot va moliya vaziri rahbar bo‘ldi
11 fevral 2023, 14:38

Idoralararo tarif komissiyasiga iqtisodiyot va moliya vaziri rahbar bo‘ldi

O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasiga tariflarni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev rahbar etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallab kelayotgan edi.

DSQ raisi shaxmat olimpiadasi g‘olibining otasiga navbatdagi unvonni topshirdi
16 avgust 2022, 18:17

DSQ raisi shaxmat olimpiadasi g‘olibining otasiga navbatdagi unvonni topshirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Yakubbayevning otasi, soliq xizmati xodimi Murodbek Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi. Shuningdek, chempionning ota-onasiga «Xumson» sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilgan.

Sherzod Kudbiyev Fiskal institut rektori bo‘ldi
23 aprel 2022, 11:43

Sherzod Kudbiyev Fiskal institut rektori bo‘ldi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev qo‘mita huzuridagi Fiskal institutga rektor bo‘ldi.

2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzod Kudbiyev
21 dekabr 2021, 23:07

2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzod Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Mehnat vazirligida ish boshlagan yillarda pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilganini esga oldi.

Soliq organlari kuch ishlatar idora emas — Sherzod Kudbiyev
15 aprel 2021, 14:40 1

Soliq organlari kuch ishlatar idora emas — Sherzod Kudbiyev

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari sotuvchilik orqali kun ko‘ruvchi ayollarning buyumlarini olib qo‘yganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini aytdi. “Soliq organlari hech qachon kuch ishlatar idora emas… Bunday holat yuz berganligi uchun butun xalqimizdan uzr so‘rayman”, — dedi u. Kudbiyev hodisada o‘zini noo‘rin tutgan xodimlar jazolaninishi ta’kidladi.

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi”lar haqida
25 fevral 2021, 11:34

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi"lar haqida

“„Obnalchi“ halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “obnalchi” firmalarning umri keskin qisqardi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berdi
14 oktabr 2020, 17:05

Davlat soliq qo‘mitasi raisi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berar ekan, o‘z harakatlarini tan oldi. U audioyozuvdagi gaplar tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS o‘z vaqtida to‘lanmagani va asossiz ravishda xisob raqami band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgani uchun aytilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting